Umr o'tar,vaqt o'tar, Xonlar o'tar,taxt o'tar, Omad o'tar,baxt o'tar, Lekin hech qachon chiqmas yodimdan Sening yurishlaring,sening kulishlaring.
Bahorda bog' na go'zal, Qor tushsa tog' na go'zal, Bu yoshlik chog' na go'zal, Lekin hech qachon chiqmas yodimdan So'zsiz qarashlaring,holim so'rashlaring.
Oy chiqar goh zaholi, Do'stlar ko'pdir vafoli, Hayot shundan safoli, Lekin hech qachon chiqmas yodimdan Sokin so'zlashlaring, pinhon izlashlaring.
Umr - yo'l, qayrilish ko'p, Uchrashish, ayriliq ko'p, Unutish, aytilish ko'p, Lekin hech qachon chiqmas yodimdan O'sha kulishlaring, o'sha kelishlaring...
Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 2
Видео
Ortiq Otajonov Umr o'tar vaqt o'tar.... Barhayot qo'shiq ofarin Ortiq oga!!!! ... Ortiq Otajonov Umr o'tar vaqt o'tar.... lybov ...
Ortiq Otajonov - Umr o'tar Umr yo'q, qayrilish ko'p. Uchrashish, ayrilish ko'p. Unutish, aytilish ko'p. Lekin hech ...
Ulug'bek Otajonov - Umr o'tar Ulug'bek Otajonov - Umr o'tar ... Ortiq Otajonov - Sulola solnomasi nomli konsert ...